

"Paxtakor" klubining yoshlardan iborat farm jamoasi ham liga qatnashchilari safidan joy oldi. Jamoani O'zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi yoshlar murabbiyi Bobur Abdurahmonov boshqarmoqda. "Paxtakor-Farm" mavsumni "FarDU"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Bobur Abdurahmonovga qur'a va raqib haqida dastlabki taassurotlari bilan bo'lishdi.
"Pro ligaga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Qur'a munosib keldi. Birinchi bellashuvni "FarDU"ga qarshi o'tkazamiz. Jamoamizni 2008-2009 yilda tug'ilgan futbolchilar tashkil qiladi. Pro ligadagi ishtirok esa ularning o'sishiga xizmat qiladi. Fikrimcha, Pro liga o'yinlari qiziqarli kechadi. Jamoalar soni 14 tani tashkil qiladi va ularning aksariyatida vazifasi bor. Biz murabbiylar uchun ham bu yaxshi maktab va tajriba bo'ladi. O'z ustimizda ishlashimiz, yanada ko'proq harakat qilishimiz lozim",- deydi Bobur Abdurahmonov.



