

- Chigalyozdi mashg'ulotlarni alohida olib bordingiz. Jarohat bormi?
- Ozgina jarohat bor. Oxirgi o'yin oyog'imning orqa son qismida og'riq bo'ldi. Shu bois alohida shug'ullanyapman.
- Bir oy yig'in uchun ko'p emasmi?
- Orada 3 kun dam berildi. Shu erda bo'ldik, shahar aylandik.
- “Orenburg” bilan o'yin haqida...
- Bunday kuchli jamoalar bilan o'ynagan yaxshiroq. Kuchsiz raqiblardan ko'ra kuchlisi bilan o'zimizni sinaganimiz to'g'ri. Superligada ham oson raqib bo'lmaydi. Har bir o'yin jang.
- Yangi mavsumdan kutilmalar qanday?
- Mavsumni yaxshi niyatlar bilan boshlaymiz. O'tgan yilgi natijalarimiz ma'lum. Muxlislar yanada ko'prog'ini istaydi.


