QPL. Odilbek Abdumajitov to'p tepayotgan “Ordabasi” ishtirokidagi uchrashuv kuchli shamol tufayli boshqa sanaga qoldirildi

Оқил Абдубарноев
21 may 2022
Qozog'iston chempionatining 12-turidan o'rin olgan “Ordabasi” – “Aksu” uchrashuvi noqulay ob-havo tufayli boshqa sanaga qoldirildi.

Kuchli shamol va kuchli yomg'ir tufayli uchrashuv bosh hakami Qozog'iston Professional futbol ligasi mamuriyati bilan birgalikda 12-turdan o'rin olgan “Ordabasi” – “Aqsu” uchrashuvini to'xtatishga qaror qildi.

O'yin boshqa sanada bo'lib o'tadi, uni turnir mamuriyati keyinroq belgilaydi.

Eslatib o'tamiz, “Ordabasi” klubida o'zbekistonlik Odilbek Abdumajitov to'p tepadi.

KUCHLI SHAMOL AKS ETGAN VIDEONI TOMOSHA QILISH


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia