

“Mashal” va “Spartak” jamoalariga qarshi o'yinlar oldidan “Oq-tepa” bir yo'qotishga uchradi. Jamoamizning iqtidorli yarim himoyachisi Xislat Usmonov mashg'ulotlarning birida tizzasidan jarohat olib, safdan chiqdi. Bu Usmonov uchun mavsum yakunlanganidan darak beradi. Futbolchi birinchi bosqichning 21-turida ham xuddi shunday tarzda jarohat olgan, salkam bir yarim oy davomida davolanish kurslarini o'tagan edi.
Eslatib o'tamiz, bungacha himoyachi Aleksey Loktionov ham kutilmagan jarohat tufayli mavsumni barvaqt yakunlangandi.
Eslatib o'tamiz, bungacha himoyachi Aleksey Loktionov ham kutilmagan jarohat tufayli mavsumni barvaqt yakunlangandi.



