Opta superkompyuteri Fransiya terma jamoasining JCH-2026da g'alaba qozonish imkoniyatini 28,9 foizga oshirdi

4 iyul 2026, 18:43
Opta superkompyuteri 1/8 final oldidan jahon chempionati g'olibi haqidagi prognozini yangiladi.

Asosiy favorit - Fransiya. Uning g'alaba qozonish ehtimoli 28,9 foizga baholanmoqda. Dide Desham jamoasining finalga chiqish imkoniyati 44,7 foizni tashkil etadi.

G'oliblik uchun da'vogarlar ichida ikkinchi o'rinda Argentina - 16,3 foiz, uchinchi o'rinda Ispaniya - 13 foiz. Keyingi o'rinlarda Braziliya (9,1%), Angliya (8,1%) va Portugaliya (5%) o'rin olgan.

Opta versiyasi bo'yicha jahon chempionatida g'alaba qozonish imkoniyatlari:

1. Fransiya - 28,9%

2. Argentina - 16,3%

3. Ispaniya - 13%

4. Braziliya - 9,1%

5. Angliya - 8,1%

6. Portugaliya - 5%

7. Kolumbiya - 3,4%

8. Marokash - 3,2%

9. Norvegiya - 2,9%

10. Meksika - 2,7%

Qolgan jamoalar orasida eng past imkoniyat Paragvayda - 0,3%.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta