O'Nil Shimoliy Irlandiya bilan 6 yillik shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018
Shimoliy Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Maykl O'Nil o'z lavozimida hali uzoq vaqt qoladigan bo'ldi.

Bir muddat avval O'Nilning Shotlandiya terma jamoasida ish boshlashi haqida xabarlar tarqagandi. Lekin Maykl Shimoliy Irlandiya futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirib, bu gap-so'zlarga barham berdi. 

Eslatib o'tamiz, O'Nil boshchiligidagi Shimoliy Irlandiya terma jamoasi JCH-2018 final bosqichiga chiqishga juda ham yaqin kelgandi. Ular pley-off bosqichida ikki o'yin natijasiga ko'ra 0:1 hisobida Shveytsariya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'yishgandi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: