Onana MYUga o'tishga juda yaqin, u Milanda xayrlashuv oqshomini o'tkazdi

Aziz Tukhtamuradov
14 iyul 2023
Andre Onana yaqin vaqt ichida MYUga ko'chib o'tadi.

Uning transferi dushanbagacha amalga oshadi. Balki bugunning o'zidayoq u rasman "Manchester Yunayted" darvozaboniga aylanar. 

MYU va "Inter" transfer bo'yicha kelishuvga erishdi. Ma'lum bo'lishicha, inglizlar transfer uchun 50 million evro va bonuslar to'lab beradi. 

Onana kecha Milandagi restoranlardan birida xaylashuv oqshomini o'tkazgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com