"Oltin to'p" uchun kurashda yangi yetakchi - Vitinya birinchi o'ringa chiqib oldi

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2025
PSJ yarim himoyachisi "TNT Sports"ning so'nggi reytingida Dembele va Yamalni ortda qoldirdi.

Mashhur "TNT Sports" portali 2025 yilgi “Oltin to'p”ni olish uchun favoritlarning yangilangan reytingini taqdim etdi. Uzoq vaqtdan buyon birinchi marta ro'yxatning yuqori qismida o'zgarish yuz berdi – PSJ yarim himoyachisi Vitinya yangi yetakchiga aylandi.

Portugaliya terma jamoasi futbolchisi mavsumni kuchli o'tkazdi: u parijliklar bilan to'rtta titul yutdi, shuningdek, terma jamoasi bilan Millatlar Ligasi g'olibi bo'ldi.

Uning jamoadoshi Usmon Dembele endi ikkinchi o'rinda, "Barselona"ning yosh iqtidori Lamin Yamal esa kuchli uchlikka yakun yasadi.

Eslatib o'tamiz, so'nggi "Oltin to'p" sohibi – "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri.

"Oltin to'p"ga davogarlar qachon e'lon qilinishi ma'lum


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TNT Sports