"Oltin to'p"-2020 bekor qilindi. Mukofot tasis etilgandan beri birinchi marta hech kimga taqdim etilmaydigan bo'ldi

Alisher
20 iyul 2020, 17:26
France Football nashri 2020 yilda "Oltin to'p" hech kimga berilmasligini ma'lum qildi.

Jurnal buni favqulodda holatlar bilan izohladi, sababi sovrinni taqdim etish uchun adolatli sharoit mavjud emas.

1956 yilda mukofot tasis etilganidan beri birinchi marta hech kimga berilmaydigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p"ning so'nggi g'olibi "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: France Football