"Olovga moy sepgan" Yamal yoxud "Real" futbolchilari nega "Barsa" a'zosiga tashlanib qolishdi?

Alisher Ostonov
27 okt 2025
Lamin Yamal "El Klasiko" oldidan nimalar qildi?

• Provokacion storis qo'ydi. 

• "Real" darvozasiga urgan barcha gollarini sahifasida e'lon qildi.

• Otasi o'yin arafasida ovqat pishirayotib strim qildi: "Men bu erda taom pishiryapman, o'g'lim esa ularni maydonda qovuradi," dedi.

• "El Klasiko"ga yangi soch turmagida keldi. 

• O'yindan avval "Real"ni masxara qildi: "Men "Bernabeu"da gol urganman. Oxirgi marta u erda 4:0 hisobida g'alaba qozonganman!"


Natijada "El Klasiko"ni 0 ta gol, 0 ta golli uzatma, 0 ta aniq zarba va 21 marta to'pni yo'qotish bilan yakunladi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia