O'zbekiston MTJ qachon yig'inga kirishadi?

Оқил Абдубарноев
2 may 2026, 18:18
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi tez orada yig'inga kirishadi.

Rasmiy sanasi aniq keltirilmagan Toshkentdagi ilk yig'inda faqat mahalliy futbolchilar ishtirok etadi. Rejaga muvofiq, xorij klublarida faoliyat yurituvchi legionerlar 26 mayga qadar terma jamoa ixtiyoriga yetib keladi. Shu kunning o'zida – 26 may sanasida O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi Amerika Qo'shma Shtatlariga jo'nab ketadi.

Mazkur yig'in va safar doirasida vakillarimiz 1 iyun kuni Kanada milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi belgilangan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎФА