

"Metallurg" - "Dinamo" uchrashuvida mavsumning birinchi goli urildi. Qizig'i dastlabki gol avtogol sifatida qayd etildi. "Metallurg" himoyachisi Davronbek Karimqulov 55-daqiqada o'z darvozasini ishg'ol qilib Oliy liga-2017ning birinchi goli muallifiga aylandi.
O'yinda "Dinamo" 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Eslatib o'tamiz, 2014 yilgi Jahon chempionatidagi birinchi gol ham avtogol bo'lgandi. Braziliyalik Marselo Xorvatiya bilan bahsda o'z darvozasini ishg'ol qilib musobaqaning ilk golini urgandi.




