Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida

Narzulla Saydullayev
11 dek 2015, 14:56
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Bugun Navoiyning "Qizilqum" klubi haqida ma'lumot beramiz.

Mavsum
Navoiy klubi mavsumni ajoyib g'alaba bilan boshlagandi. Ilk turda "So'g'diyona"ni 4:1 hisobida taslim qilgan "Qizilqum" birinchi turda dastlabki o'ringa chiqib olgandi. Biroq mavsumni o'zidan yuqorida tugatgan jamoalarning deyarli barchasiga mag'lub bo'lgan jamoa davrani 8-o'rinda tugatdi. Ikkinchi davrani klub So'g'diyona"ga qarshi bahsdagi 1:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlagandi. Oliy liganing oxirgi 4ta o'yinida yuta olmagan navoiyliklar chempionatni 10-pog'onada tugatishdi.



Murabbiylar
Aslida jamoa rasman mavsumni bitta murabbiy bilan o'tkazdi. Biroq mavsum o'rtalariga kelib bosh murabbiy Yuriy Lukin emas Hamidjon Aktamov jamoa menejeri sifatida jamoani boshqardi. Lukin hech qaerga ketgani yo'q va Aktamov bilan birga ishlashda davom etdi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, jamoaga 2016 yilgi mavsumni yangi murabbiy kelishi mumkin ekan.



Yetakchi
Akmal Rustamov. Jamoa sardori "Qizilqum"ning haqiqiy yetakchisi hisoblanadi. Himoyachi bu mavsum 30ta o'yinning barchasida maydonga tushdi va 1ta gol urdi. U bilan birga Sherali Jo'raevni ham jamoa yetakchisi deb atash mumkin. Yarim himoyachi gol urishdan ko'ra sheriklarini golli pas bilan taminlashda boshqalarga o'rnak bo'ldi.


Kashfiyot
21 yoshli Bobur Iskandarov bu mavsumda "Qizilqum" safida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Iskandarov ko'plab o'yinlarda murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirildi. Keyingi yil u jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanishiga shubha yo'q.



Eng yaxshi o'yin
"Dinamo" - "Qizilqum" 2:2
To'g'ri "Qizilqum"ning bir qator g'alabalari qolib durang qayd etilgan o'yinni eng yaxshi o'yin deb topish ko'pchilik uchun g'alati tuyulishi mumkin. Biroq Samarqanddagi bahsda Navoiy klubi haqiqiy matonat ko'rsatgandi. Uchrashuvning 90-daqiqasi tugaganida tabloda 2:0 hisobi porlab turgandi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Bahriddin Vahobov dastlab penaltidan to'p kiritib hisobni qisqartirgan va 90+5-daqiqada dublga erishib jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi - 2:2.



Eng yaxshi futbolchi
Bahriddin Vahobov. Tajribali hujumchi bu yil o'zining ikkinchi yoshligini o'tkazdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Vahobov 29ta o'yinda 21ta gol urib to'purarlar pogasida Igor Sergeevdan keyingi ikkinchi o'rinni egalladi. Futbolchi 2ta xet-trik, 3ta dublga erishdi. Vahobov bu yil ikki marta xet-trik qayd etgan yagona futbolchiga aylandi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmplua       
Tug'.sanaO'yin     
Daqiqa    
Gol    
SK    
QK   
Jo'raev SheraliYahm17.02.1988     
302643040
Rustamov AkmalHim08.02.1986302587130
Vahobov BahriddinHuj23.01.19832923062130
Usmonov AzizbekHim22.01.1992282439071
Derkach AndreyYahm28.05.1985282417390
Jabborov ErkinDar24.08.1985262340010
Qurbonov MirjalolHim28.04.1990261852060
Jumaev G'ayratYahm02.04.1986261720250
Kvesieshvili GeorgiyHim01.12.1985251907040
Haydarov FarruxYahm29.03.1990251668240
Xolmatov SarvarYahm24.11.1990171123140
Xoliqov AlisherHuj27.04.198217448110
Qambarov FayzulloYahm01.01.199016904140
Sanaev Alisher*Yahm16.06.1987141144010
Alimov Navro'zbek**Huj21.03.199214934330
Shevchenko Vyacheslav*Huj30.05.1985131115220
Muhiddinov AsqarHim22.06.198112982030
Iskandarov BoburYahm02.07.199411389020
Makosin ArtyomDar29.10.19854360000
Abdurahmonov Doston**        
Yahm05.05.19904229000
Sanaev RuslanHuj08.08.1987347010
Klishin Viktor**Huj15.10.1982340000
Boboqulov Feruz*Huj14.07.1986250000
Shoxnazarov JamshidYahm07.02.1986145000
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Qizilqum-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar

30

Gollar

38

Uydagi gollar

23 (60,53%)

Mehmondagi gollar

15 (39,47%)

O'tkazilgan gollar

49

Uyda o'tkazilgan gollar

18 (36,73%)

Mehmonda o'tkazilgan gollar

31 (63,27%)

O'rtacha gol

1,27

O'rtacha o'tkazilgan gol

1,63

Uydagi ochkolar

26/45 (57,78 %)

Mehmondagi ochkolar

8/45 (17,78 %)

Eng yirik g'alaba

4:1 - "So'g'diyona"       

Eng yirik mag'lubiyat

1:4 - "So'g'diyona"

"Quruq" o'yinlar

5 (16,67%)

Gol ura olmagan o'yinlar

10 (33,33%)

Irodagi g'alaba

4

Yirik g'alabalar

1

Yirik mag'lubiyatlar

2

Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)

1/0

Ogohlantirishlar (o'rtacha)

67 (2,23)

Chetlatishlar (o'rtacha)

1 (0,03)

Maydonga tushganlar (legioner)          

24 (3 - 12,5%)

Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)

190597/6353

 

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia