Futzal bo'yicha Oliy liga 7-tur uchrashuvlari qayerda o'tkazilishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
25 dek 2025
Mamlakat milliy chempionati - futzal bo'yicha Oliy liganing 7-tur uchrashuvlari taqvimi tasdiqlandi.

Unga ko'ra, mazkur tur bahslari 2026 yilning 7–12 yanvar kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Uchrashuvlarga "Yunusobod" sport majmuasi mezbonlik qiladi.

"Takidlash joizki, chempionat bahslari turdan turga muxlislar e'tiborini tobora ko'proq tortib bormoqda. Har bir jamoa maydonga faqat g'alaba ishtiyoqida tushayotgani qiziqarli va murosasiz o'yinlar sonining ortishiga sabab bo'lmoqda. Musobaqa jadvalining yuqori va quyi pog'onalaridagi jamoalar o'rtasida kechayotgan “olti ochkolik” uchrashuvlar o'zining shiddati va keskinligi bilan futzal ishqibozlariga manzur bo'lmoqda.

7-turda ham futzal ixlosmandlari BMB, SQB, OKMK, "Lokomotiv" hamda “Nasaf” jamoalarining o'zaro to'qnashuvlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishlari aniq.

“Sport” ijodiy birlashmasi telekanallari hamda O'zbekiston futzal federatsiyasining YouTube kanalida barcha uchrashuvlar jonli tarzda, to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi", – deyiladi O'zbekiston futzal federatsiyasi xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футзал федерацияси