Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida

Narzulla Saydullayev
3 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.
Navbat bu yil Toshkentning "Bunyodkor" klubiga yetib keldi.

Mavsum
Chempionatni ketma-ket ikkita g'alaba bilan boshlagan "qaldirg'ochlar" ikki tur peshqadam bo'lib turishdi. Uchinchi turda "Lokomotiv"ga yutqazib qo'ygan jamoa 8-o'ringa tushib ketdi. Dastlabki davrani beshinchi o'rinda tugatgan "Bunyodkor" mavsumni to'rtinchi pog'onada tugatishga erishdi. Tan olish kerak "qaldirg'ochlar" mavsumni bir tekisda o'tkaza olishmadi. Bunga asosiy sabablardan biri tarkibda ko'plab yosh futbolchilar o'ynagani bo'ldi.



Murabbiylar
Sergey Lushan bu yil 22-turga qadar jamoani boshqardi. Ushbu murabbiy Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov, Eldor Shomurodov kabi futbolchilarni oliy liga uchun kashf qildi. "Neftchi"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Lushan iste'foga chiqarildi. mavsum oxirida klub rahbari Baxtiyor Boboevning o'zi bosh murabbiy sifatida ishladi. "Qaldirg'ochlar" Boboev qo'l ostida faqat "Mashal"ga yutqazib qo'yishdi. Bundan tashqari O'zbekiston kubogi finalida "Nasaf"ga imkoniyat boy berildi. Yangi mavsumda jamoani yangi murabbiy ishlashi deyarli aniq, hozircha bu borada rasmiy ma'lumot chiqqani yo'q.



Yetakchi
Sato Minori. Yaponiyalik legioner futbolchi "Bunyodkor"da bu mavsum o'zini qayta kashf qildi deyish mumkin. Aynan u orqali deyarli barcha hujumlar tashkil etildi. Sato 4ta gol urishdan tashqari 10ga yaqin golli uzatmani amalga oshirdi. Yetakchilar qatoriga Akmal Shorahmedov, Shaker Zuagi va Xayrulla Karimovni ham qo'shish mumkin.



Kashfiyot
Eldor Shomurodov. "Mashal"dan sotib olingan yosh hujumchi jamoaning haqiqiy kashfiyotiga aylandi. 20 yoshli futbolchi oliy ligada 7ta gol urishga erishdi. Bundan tashqari Eldor bir necha bor jamoadoshlariga gol urish imkoniyatini yaratib berdi. 



Eng yaxshi o'yin
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 2:0.

"Qaldirg'ochlar" bu mavsum 3ta uchrashuvda yutqazdi. Shulardan biri aynan "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda kuzatildi. Jamoa 26-turda chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Paxtakor"ni o'z maydonida mag'lub etdi. Birinchi bo'limda Shaker Zuagi penaltidan Aleksandr Lobanovni alday olmadi. Akmal Shorahmedovning ikkinchi bo'lim boshida urgan super goli hisobni ochdi. Aynan Shorahmedovning pasidan so'ng Dostonbek Hamdamov "Paxtakor" darvozasiga ikkinchi golni urdi.



Eng yaxshi futbolchi
Doston Hamdamov. 2015 yil Osiyo qitasida eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgan yarim himoyachi Sardor Rashidov ketgach jamoada yetakchilikni o'z qo'liga oldi. Hamdamov bu yil 26ta o'yinda ishtirok etib raqiblar darvozasiga 10ta gol urdi. Aynan u "Bunyodkor"ning to'purariga aylandi.



Kim qancha o'ynadi?
FutbolchiAmpTug'.sanaO'yin     
Daqiqa    
Gol     
SK    
QK    
Minori SatoYahm02.03.1991282520460
Shorahmedov AkmalHim10.05.1986272391120
Hamdamov DostonbekYahm24.07.19962617971030
Zuagi ShakerYahm10.01.1985251909740
Shomurodov EldorHuj29.06.1995251626721
Miloshevich IvanHim03.11.1984221862040
Shodiev VohidHuj09.11.1986221309752
Karimov XayrullaHim22.04.1978211794041
O'rinboev ZabihilloHuj30.03.199521942010
Zuhurov MurodjonDar23.02.1983201800000
Sobirxo'jaev Sardorbek           
Yahm        
06.11.1994       
181073120
G'ofurov AnvarHim14.05.1982171503110
Komilov AkromHim14.03.1996151079040
Rashidov Sardor*Yahm14.06.199113945210
Jo'raev Dilshod**Yahm21.04.199213889130
Karpenko Viktor**Him07.09.197712618110
Bekrich SamirYahm20.10.198412490010
Ashurmatov RustamHim07.07.199611928040
Ibragimov JavlonYahm10.12.199011887030
Jo'raboev Obid*Him17.02.198610660010
Filiposyan Artyom*Him06.01.19889586030
Ayupov Timur*Huj28.03.19939433110
To'raev AkbarDar27.08.19898720020
G'ofurov Mirzohid*Yahm22.09.19888407110
Rajabov Anvar**Huj23.01.19886186010
Bugalo PavelDar21.08.19742180000
Shukurov Otabek*Yahm22.06.1996235000
Berdiev Anvar*Huj11.05.1978233000
Ismoilov ErgashYahm28.07.1995139000
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Bunyodkor-2015" mavsum statistikasi
O'yinlar30
Gollar44
Uydagi gollar29 (65,91%)
Mehmondagi gollar15 (34,09%)
O'tkazilgan gollar19
Uyda o'tkazilgan gollar4 (21,05%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar15 (78,95%)
O'rtacha gol1,47
O'rtacha o'tkazilgan gol 0,63
Uydagi ochkolar37/45 (82,22 %)
Mehmondagi ochkolar22/45 (48,89 %)
Eng yirik g'alaba5:0 - "Qo'qon-1912"
Eng yirik mag'lubiyat0:3 - "Lokomotiv"
"Quruq" o'yinlar17 (56,67%)
Gol ura olmagan o'yinlar8 (26,67%)
Irodagi g'alaba0
Yirik g'alabalar4
Yirik mag'lubiyatlar1
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)0/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)60 (2)
Chetlatishlar (o'rtacha) 4 (0,13) - 2/2
Maydonga tushganlar (legioner)           
29 (4 - 13,79%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)118154 / 3938

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida


Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia