"Olimpik" yozgi yig'inda Turkiya sobiq chempioniga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
14 iyul 2023
Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" shu kunlarda Turkiyada yig'in o'tkazayotganidan xabaringiz bor.

Jamoa Isparta yig'ini doirasida 3ta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Raqiblardan biri 2019-2020 yilgi mavsumda Turkiya chempioni bo'lgan "Istanbul Bashakshehir" jamoasidir. Bu bellashuv 20 iyul kuni o'tkaziladi.

"Olimpik" jamoasining Turkiya yig'ini doirasidagi o'rtoqlik o'yinlari

18.07.2023. "Olimpik" - "Isparta 32 Spor" (Turkiya)

20.07.2023. "Olimpik" - "Istanbul Bashakshehir" (Turkiya)

22.07.2023. "Olimpik" - "Al Marhiya" (Qatar)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Олимпик" матбуот хизмати