Oleg Kononov: "Yevropa ligasiga yo'llanma ololmasak yomon natija qayd etgan bo'lamiz"

"Krasnodar" bosh murabbiyi Oleg Kononov mavsum yakunlariga ko'ra, kamida Yevropa ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishlari kerakligini aytdi.


- Podberezkin bugundan jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi. Hozircha Yevropa chempionlar ligasi borasida gapira olmayman. Bu haqida mavsum tugaganidan so'ng gaplashamiz. Buyog'iga biz uchun har bir o'yin juda katta ahamiyatga ega. Minimum vazifamiz Yevropa ligasiga yo'llanma olish. Agarda buni uddalay olmasak, unda juda yomon natija qayd etgan bo'lamiz.


Manba: sports.ru