“Old Trafford”da o'yin vaqtida vino sotilishi yo'lga qo'yiladi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2017
“Manchester Yunayted” jamoasining uy o'yinlari o'tkaziladigan stadionda qizil vino sotuvi yo'lga qo'yiladi.

Muxlislar “Old Trafford”da APLning 27-turida “Bornmut”ga qarshi bahs paytida vino sotib olishlari mumkin bo'ladi.

Alkogolli ichimlik 187,5 ml sig'imlik idishlarda sotuvga chiqarilib, narxi 4,80 funtni tashkil etadi.

Ilgariroq “MYU” fanatlari stadionda vino sotilmasligidan arz qilishgandi. Klubning homiysi hisoblangan Casillero del Diablo kompaniyasi muxlislarning ushbu etiroziga e'tibor qaratib, ularning talablarini qondirishga harakat qiladi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail