

Bugungi uchrashuv tomoshabob ruhda o'tdi. Buxoro jamoasini keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqqani bilan tabriklayman. Futbolda mashhur bir ibora bor, sen urmasang, senga urishadi! Imkoniyatlardan foydalana olmadik va so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol orqali g'alabani qo'ldan chiqardik. Ushbu o'yindan to'g'ri xulosa chiqargan holda, bor e'tiborimizni ichki chempionatdagi o'yinlarga qaratamiz,- dedi OKMK murabbiyi.



