OFK vakillari “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilariga to'plar topshirdi. FOTO+VIDEO

Narzulla Saydullayev
11 fev 2016
Oxirgi paytlarda “Bunyodkor” futbol maktabi va uning tarbiyalanuvchilari haqida iliq fikrlar bildirilmoqda.

O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalarining asosini bunyodkorchilar tashkil etishmoqda. Asosiy tarkibimizning aksariyat qismini futbol maktabimizda tarbiya topgan futbolchilar tashkil etishmoqda. Natijada ular nafaqat yurtimizdagi mutaxassislar, balki qitamiz futboli mutasaddilarining etirofiga sababchi bo'lishmoqda. Misol tariqasida, 2015 yil yakunlariga ko'ra, qitamizning eng yaxshi yosh futbolchisi nominaciyasining yakuniy ro'yxatini aynan “Bunyodkor” vakillari band etishganini eslash kifoya. Yakunda sovrin Dostonbek Hamdamovga nasib etgandi.

11 fevral, payshanba kuni “Bunyodkor” stadionida OFK vakillari tomonidan o'zbekistonlik yosh futbolchilarga to'p topshirish marosimi bo'lib o'tdi. OFK Ijtimoiy mas'uliyat qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'FF Birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev, OFK Ijtimoiy mas'ulit bo'limi boshlig'i doktor Anna Turay jahonda bolalar-o'smirlar futbolini istiqbolli rivojlantirish va yurtimizda davlatimiz rahbarlari tomonidan qaratilayotgan e'tiborni alohida takidlashdi.

OFK vakillari Toshkentning “Bunyodkor” va “Spartak” futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga maxsus to'plarni topshirishdi. Yosh bolakaylar qabul qilib olingan to'plarni “Bunyodkor” stadioni asosiy maydonida sinab ko'rishdi.

E'tiboringizga FOTOJAMLANMA va videolavhani taqdim etamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com