OFK vakillari 2 yulduzli "Bunyodkor" akademiyasiga qanday baho berishdi?

Iskandarov Abdulaziz
31 may 2025
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) baholash komissiyasi "Bunyodkor" futbol akademiyasiga tashrif buyurishdi.

Akademiya infrastrukturasi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Xususan, bolalar yotoqxonasi, sport zallari, suv havzasi, tibbiyot, psixologiya,  analitika bo'limlari, sport bo'limidagi murabbiylarga yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirishdi.

Tashrifning ikkinchi qismida klub akademiyasiga AFC tomonidan berilgan 2 yulduzcha uchun talab etilgan hujjatlar bilan tanishib, akademiya faoliyatiga yuqori baho berishdi hamda bir qancha taklif va tavsiyalar bilan o'rtoqlashishdi.

Bunday etirof "Bunyodkor" futbol akademiyasidan hali yana ko'plab jahon darajasidagi futbolchilar chiqishiga dalil bo'ldi desak xato bo'lmaydi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати