OFK Kubogi. "So'g'diyona" – "Kuala Lumpur Siti" uchrashuvini iroqlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2022
OFK Kubogi-2022 bahslari doirasida muvaffaqiyatli odimlayotgan Jizzaxning "So'g'diyona" klubi endi Hududlararo final o'yinida Malayziyaning "Kuala Lumpur Siti" jamoasiga qarshi bahs yuritadi.

5 oktyabr kuni Jizzax shahridagi "So'g'diyona" sport majmuasida o'tkaziladigan o'yinda quyidagi rasmiy shaxslar faoliyat olib boradi. 

OFK Kubogi-2022

Hududlararo final

5 oktyabr. "So'g'diyona" sport majmuasi, Jizzax 

"So'g'diyona" (O'zbekiston) – "Kuala Lumpur Siti" (Malayziya) 

Bosh hakam: Ali Saboh Adday Al Qaysi (Iroq)

Qanot hakamlari: Haydar Abdulhasan Ali Ubaydi (Iroq), Amir Dovud Hussayn (Iroq)

Zaxira hakami: Mohanad Qosim Isi Sarray (Iroq)

Hakamlar nazoratchisi: Ali Hamad Madhad (BAA)

Komissar: Ahmad Shahir (Maldiv orollari)

OFK delegati: Takaaki Inokuchi (Yaponiya).

Ma'lumot uchun, "So'g'diyona" OFK Kubogi hududlararo yarim final bosqichida Gonkongning "Istern" klubini mag'lub etgan bo'lsa, "Kuala Lumpur" esa Hindistonning "Moxun Bagan" jamoasi to'sig'idan o'tdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia