OFK kubogi-2021. "Nasaf" finalda qachon, kim bilan o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
20 okt 2021, 20:44
OFK kubogining yarim finalida "Nasaf" Gonkongning "Li Man" klubini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.

Finalda "Ajdarlar"ga raqib bo'ladigan jamoa nomi hali aniq emas. Bugun "Al Muharraq" (Bahrayn) - "Kuvayt SK" (Kuvayt) o'rtasidagi o'yin g'olibi finalga chiqadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, final uchrashuvi 5 noyabr kuni "Al Muharraq" yoki "Al Kuvayt" stadionida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia