OFK: “Bunyodkor” – Markaziy Osiyoning eng yaxshi jamoasi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2012-2015 yildagi natijalar asosida Osiyoning eng kuchli klublari reytinggini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi nafaqat O'zbekiston klublari orasida, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari jamoalari ichida ham birinchi o'rinni egallab turibdi. Umumiy reytingda esa “qaldirg'ochlar” 12-pog'onani qayd etishgan.

Mamlakat chempioni – Toshkentning “Paxtakor” klubi 34, O'zbekiston kubogi sohibi – “Nasaf” 53 va vice-chempion “Lokomotiv” 73-o'rinda borishmoqda. Farg'onaning “Neftchi” klubi 81-o'rinda qayd etilgan.

Reytingning birinchi o'rnini OCHL-2015 g'olibi, Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubi egallab turibdi. Saudiya Arabistonining “Al-Xilol” va “Al-Ahli”, Janubiy Koreyaning “Seul” va Yaponiyaning “Kashiva Reysol” klublari kuchli beshlikda borishmoqda.

Umumiy reyting bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com