OFK 2022 yilgi bir qator Osiyo kubogi bellashuvlari bekor qilish bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher
5 iyul 2021
OFK Ijroiya qo'mitasi davom etayotgan pandemiya sharoitida barcha manfaatdor tomonlar bilan kelishgan holda, bir qator qarorlarni qabul qildi.

Qarorga ko'ra, Indoneziya va O'zbekistonda o'tadigan U17/U20 Osiyo kubogi bahslari bekor qilindi. Biroq ushbu mamlakatlar mazkur chempionatlarning 2024 yilgi bahslariga mezbonlik huquqini o'zlarida saqlab qoladi.

Shuningdek, ayollar o'rtasidagi 2022 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi sanalari 13-25 sentyabrdan noma'lum muddatga ko'chirildi.

Bundan tashqari, futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi qita birinchiligi hamda U20 Osiyo kubogi ham bekor qilindi.

Shu yili 13-24 oktyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtiriligan futzal bo'yicha Osiyo kubogi saralash bahslari 2022 yil aprel oyiga ko'chirildi. Final bosqich uchrashuvlari esa 2022 yil 25 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar o'tkaziladigam bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz