O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi FOTO

12 yanv 2018, 13:19
O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov Farg'onaga tashrifni “Neftchi” stadionidagi sharoitlar bilan tanishishdan boshladi

“Istiqlol” stadionida yaratilgan shart-sharoitlar O'FF prezidenti tomonidan yuqori baholandi. O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov Farg'onaga tashrifi doirasida viloyat  futbol federatsiyasi faoliyati bilan ham tanishdi. 





O'FF prezidenti “Neftchi” PFK qoshidagi ayollar jamoasi futbolchilari bilan uchrashib, ularga to'plar sovg'a qildi.




Bundan tashqari Umid Ahmadjonov "Neftchi" yoshlar jamoasi a'zolari bilan ham uchrashdi.



O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov tashrif davomida “Neftchi” PFK akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi va Umid Ahmadjonov "Neftchi" PFK akademiyasi tarbiyalanuvchilariga to'plar sovg'a qildi.



O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligida Farg'ona viloyati futbol federatsiyasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Farg'ona, Namangan va Andijon viloyati futbol federatsiyasi xodimlari hamda O'FF mas'ullari ishtirok etdi. Umid Ahmadjonov yig'ilish davomida futbol federatsiyalari mas'ullariga vodiyda futbolni rivojlantirish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berdi.




Yig'ilishda Toshkent shahri FF vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev “Oltin Vodiy” dasturi doirasidagi rejalar haqida so'z yuritdi.



Manba: O'FF matbuot xizmati


Manba: championat.asia