O'FA vice-prezidenti Shoakram Isroilov O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi

Aziz Tukhtamuradov
14 fev 2018
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi endi O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga aylantirildi.

2017 yilning fevralidan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Qurbonov o'rniga O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti sobiq rektori, mamlakat futbol associaciyasi vice-prezidenti Shoakram Isroilov O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi.


Vazirning birinchi o'rinbosari sifatida shu kunga qadar Milliy olimpiya qo'mitasining birinchi vice-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Oybek Kasimov faoliyat olib boradi.


O'z navbatida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Iskandar Jo'raev Milliy olimpiya qo'mitasining birinchi vice-prezidenti lavozimiga tayinlandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olympic.uz