Shoakrom Isroilov Navoiy viloyatida sport sohasidagi islohotlar bilan tanishdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
1 mar 2018, 19:55
Avval xabar berganimizdek, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov bugun Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Shoakrom Isroilov Superliganing 1-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Lokomotiv” uchrashuvining ochilish marosimida qatnashdi.


Bundan tashqari, Shoakrom Isroilov Navoiyga tashrifi davomida viloyatda sport rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishib, sport maktablari holatini ko'zdan kechirdi.

Sportda katta yutuqlarga erishayotgan yoshlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Bo'lajak musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini nazorat qildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com