Chelyabinsk viloyati Jismoniy tarbiya va sport vaziri "Paxtakor" stadionida bo'ldi

Narzulla Saydullayev
18 may 2018
16 may kuni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov Rossiyadan tashrif buyurgan Chelyabinsk viloyati Jismoniy tarbiya va sport vaziri Leonid Oderni qabul qildi.

Shu kunlarda gubernator Boris Dubrovskiy boshchiligidagi Chelyabinsk viloyati delegaciyasi rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo'lib turibdi. Delegaciya tarkibida poytaxtimizga Leonid Oder ham keldi. Ular tashrif davomida "Paxtakor" stadionini ko'zdan kechirishdi.

Shoakrom Isroilov mehmonni qizg'in qutlar ekan, mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida, xususan davlatimiz rahbariyati tomonidan jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik haqida so'zlab berdi. Mamlakatlarimiz mutaxassislari va sportchilarining o'quv-mashq yig'inlari va musobaqalarni o'tkazish borasida hamkorlik qilishlari har ikki tomon uchun manfaatli bo'lishini ta'kidladi.

O'z navbatida, Chelyabinsk viloyati Jismoniy tarbiya va sport vaziri mehmondo'stlik uchun tashakkur izhor qildi hamda xalqimizni kirib kelgan muborak ramazon oyi bilan qutladi, o'zbek xalqiga barcha jabhalarda muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tiladi.

Muloqot chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz

O'xshash yangiliklar