Umid Ahmadjonov va Shoakram Isroilov jamoatchilik fikrini o'rganishadi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2018
Shu kunlarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan katta qaror loyihasi tayyorlanmoqda.

Ushbu qaror e'lon qilinishidan oldin shaxsan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev topshirig'iga asosan Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar jamoatchilik fikrini o'rganishadi. Shuningdek, mamlakat sportining bugungi holati eng pastki bo'g'indan o'rganib chiqiladi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, qarorni yanada mukammal ko'rinishga olib kelish, xalq dardini bilish va keyinchalik qarorning barcha bandlari ishlashi uchun zamin yaratishdan iboratdir. Ushbu qarorning e'lon qilinishi, mamlakatimizda sport taraqqiyoti, qolaversa Olimpiya harakatining yanada rivojlanishida juda katta turtki bo'ladi.

Yig'ilish bugun O'zbekiston Milliy akademik drama teatrida soat 15:00 da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com