O'FA bo'lim boshlig'i Ispaniya FFsi tomonidan tashkil qilingan murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda

Tolibjon Qosimov
18 iyun 2018
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov joriy yilning yanvar oyidagi Ispaniya poytaxti Madrid shahriga qilgan tashrifi vaqtida Ispaniya futbol federatsiyasi texnik direktori Fernando Yerro va Murabbiylar tayyorlash Qo'mitasi direktori Eduardo Katurla bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

Ushbu uchrashuvda O'zbekiston futbol Associaciyasi va Ispaniya futbol federatsiyasi o'rtasida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishilgani xaqida avval xabar berib o'tgan edik.

Hozirda ushbu uchrashuvda imzolangan bir qator kelishuvlarga asosan O'zbekiston futbol Associaciyasining futbol akademiyalari faoliyati bo'limi boshlig'i Zokirjon Xoliqov Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan  tashkil qilinayotgan UEFAning "A" licenziyasini beruvchi intensiv murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda.

O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan nafaqat futbolni rivojlantirish, balki ushbu sohada faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muntazam davom ettiriladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com