Odil Ahmedov terma jamoadagi yubiley golini urdi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2019
JCH-2022 saralashi doirasidagi Singapur - O'zbekiston uchrashuvining birinchi taymi ortda qoldi.

O'yindagi hisob 15-daqiqada Odil Ahmedov tomonidan ochildi. Shu tariqa Ahmedov milliy terma jamoada o'zining 102-uchrashuvida 20-golini urdi.

Tarixda O'zbekiston terma jamoasida shu kunga qadar besh nafar futbolchi 20 va undan ko'p gol urgandi. Maksim Shackix (34), Aleksandr Geynrix (32), Mirjalol Qosimov (30), Server Jeparov (25) va Igor Shkvirin (20).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia