Odil Ahmedov: "Navbahor"ning asosiy tarkib bilan o'ynashini xohlagandik. Faqatgina shunday o'yinlar orqali yosh o'yinchilar o'sishi mumkin"

Alisher
20 apr 2023
O'zbekiston kubogi doirasidagi "Olimpiya" - "Navbahor" (1:4) o'yinidan so'ng Odil Ahmedov Championat.Asia'ga o'yindan taassurotlari va "Olimpiya"ning bosh maqsadlari haqida gapirib berdi.

- "Navbahor" bilan o'yin haqida nima deya olasiz? Bu o'yin jamoangiz uchun O'zbekiston kubogidagi birinchisi bo'ldi.

- Yaxshi o'ynadik deb o'ylayman. Ammo, bizga tajribali jamoa qarshilik ko'rsatdi, shu sabab, albatta, qiyin bo'ldi. "Navbahor" nima qilish kerakligini bildi, bizning yoshlarimiz esa endi o'rganmoqda. Qayerdadir shoshishdi, qayerdadir his-tuyg'ularni tutib turusholmadi. Ular hali ham bolalar futbolida o'ynamoqdamiz deb o'ylashmoqda deb aytsa bo'ladi. Nimadir chiqmadi, ammo umuman olganda men mamnunman.

- "Navbahor"ning bugun asosiy tarkib bilan chiqqani sizni ajablantirmadimi?

- Aksincha, raqibning kuchli tarkib bilan o'ynashini xohlagandik. Bu yoshlarimiz uchun katta motivaciya va tajriba. Jamshid Iskanderov, Temurxo'ja Abduxoliqov va boshqa ko'plab o'yinchilarga qarshi o'ynash foydali. Bunday o'yinlar juda muhim - faqatgina ular orqali o'sish va qandaydir o'zini ko'rsatish mumkin.

- Mamlakat kubogida "Olimpiya" oldida qanday vazifa turibdi?

- Asosiy maqsad - tarbiyalanuvchilarimizning Superligada, mamlakatdagi turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynashi va so'ngra legioner bo'lishlari.

- Mavsum so'nggiga ko'ra Pro Ligaga chiqish vazifasi turibdimi?

- Yo'q, biz faqatgina o'yinchilarimizning rivojlanishiga e'tibor qaratganmiz. Jamoa har o'yinga chiqishi, maydonda bor kuchini berishi va futbol borasida o'sishi kerak.


Emil Bermuhamedov suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi


AlisherMuallif
Manba: championat.asia