OCHLdan so'ng Toshkentda qolib ketgan "Beyjing Goan"ning taqdiri nima bo'ldi?

Aslanov Jasurbek
11 noya 2021, 16:33
Xabaringiz bor, joriy yilning yozida Toshkent OCHL sharq mintaqasining "I" va "H" guruhi o'yinlariga mezbonlik qildi.

Unda "Kavasaki", "Tegu", "Yunayted Siti", "Beyjing Goan", "Chonbuk Xyunday", "Gamba Osaka", "Tampines Rovers", "Chiangray Yunayted" jamoalari ishtirok etishdi. 

Musobaqa yakunlangach barcha jamoalar o'z yurtlariga jo'nab ketishdi. Faqat Xitoyning "Beyjing Goan" klubi pandemiya sabab Toshkentda bir necha muddat qolishga majbur bo'lishdi. Musobaqaga yoshlar jamoasi bilan kelgan pekin jamoasi 2 oyga yaqin vaqt davomida poytaxtdagi mehmonxonada istiqomat qilishdi. "Beyjing Goan" jamoasi hali ham Toshkentdami? Bu savolga jamoa bosh murabbiyi quyidagicha javob berdi. 

"Yo'q, men ikki oydan beri Pekindaman. U yerda hali ham 9 kishi bor",- deydi Zoran Yankovich. 

Tez orada ushbu mutaxassis bilan suhbatni e'tiboringizga havola qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Abdulaziz Iskandarov

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia