OCHL. "Lokomotiv" - "Al Sadd" bahsini koreyalik hakamlar boshqaradi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015
Toshkent, 26 mart - 8 aprel kuni "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasida Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qiladi.
Bu o'yinni Janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Uchrashuv bosh hakami - Kim Dong Jin. Bu hakam Toshkentda o'tkazilgan "Bunyodkor" - "Persepolis" bahsini boshqargan. Unga qanotlarda Choy Min Byong va Bang Gi Yol yordam berishadi. "Lokomotiv" - "Al Sadd" bahsi 8 aprel kuni TTZda joylashgan "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.

OCHL. Guruh bosqichi
4-tur. 8 aprel

LOKOMOTIV - AL SADD
Bosh hakam
: Kim Dong Jin (J.Koreya)
Qanot hakamlari: Choy Min Byong, Bang Gi Yol
Zaxira hakami: Sivakorn Pu-Udom (Tailand)
Nazoratchi: Abdulrahmon Al Zayed (S.Arabistoni)
Komissar: Dr. Tu Ksiliang (Xitoy)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz