OCHL-2020. “Paxtakor” – "Shahr Xodro" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
17 fev 2020, 22:00
Biroz oldin, Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida bo'lib o'tgan “Paxtakor” – “Shaxr Xadro” (Eron) uchrashuvi o'z yakuniga etdi va unda maydon egalari yirik g'alabaga (3:0) erishdi.

Bahsda dublga erishgan “sherlar” hujumchisi Igor Sergeev OFK tomonidan o'yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida “man of the match” etirofiga sazovor bo'ldi. Musobaqa tashkilotchilari buni uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani boshlanishidan oldin e'lon qilgan. 

Eslatib o'tamiz, Sergeev 56-daqiqada Jaloliddin Masharipovning ajoyib uzatmasidan keyin o'yinda hisobni ochdi. Keyin esa Masharipov – Doston Hamdamov kombinaciyasini chiroyli tarzda yakunlab, oradagi farqni oshirdi.

Ilk turda “o'yinning eng yaxshisi” sifatida Jaloliddin Masharipov topilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia