

Mazkur uchrashuvga bosh hakam sifatida Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf tayinlandi. Unga qanotlarda Al-Mahayi Hamid Sulaymoy Marhun hamda Al-Amri Abu Bakar Salim Mahad yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi bahraynlik Iso Abdulla Hasan Muhammad Aliga yuklatildi.
Uchrashuv komissari – Talal Ali (Iordaniya). Hakamlar nazoratchisi vazifasini Halid Jasim Halifa Alduki Alsenaani (BAA) bajaradi.
“Al-Tavun” – “Lokomotiv” o'rtasidagi uchrashuv 20 fevral kuni Saudiya Arabistonining Burayda shahrida bo'lib o'tadi.



