

Bunda 1/4 final juftliklari hamda kimning qaysi sanada o'yinlarni o'tkazishi ma'lum bo'ladi.
OCHLda qitaning kuchli sakkizta jamoasi qoldi: "G'arb" mintaqasidan to'rtta va "Sharq"dan to'rtta. "G'arb" - "Lokomotiv" (O'zbekiston), "Al Jayish" (Qatar), "Al Nasr" va "Al Ayn" (har ikkalasi BAA). "Sharq" - "Shandong Luneng", "Shanxay SIPG" (ikkalasi Xitoy), "Seul" va "Chonbuk Motors" (har ikkalasi Janubiy Koreya).
OCHL reglamentiga binoan "Sharq" va "G'arb" klublari to finalgacha bir-birlariga qarshi to'qnash kelishmaydi. Bundan kelib chiqadiki, "Lokomotiv"ning 1/4 finaldagi raqibi yana "G'arb" mintaqasidan bo'ladi: "Al Jayish", "Al Nasr" yoki "Al Ayn". Chorak finalning dastlabki uchrashuvlari 23-24 avgust, javob bahslari esa 13-14 sentyabr kunlariga mo'ljallangan.
Ushbu marosim 12:30 dan boshlab SPORT kanalida to'g'ridan to'g'ri olib ko'rsatiladi.



