OCHL-2014. Pley-off ikkinchi bosqich juftliklari ma'lum

Narzulla Saydullayev
3 fev 2014
Kecha Osiyo chempionlar ligasi pley-off birinchi bosqich uchrashuvlari yakunlandi.
Unga ko'ra bo'lib o'tgan 5ta o'yin g'oliblari ikkinchi bosqchiga yo'l olishdi.

Ikkinchi bosqichda Toshkentning "Lokomotiv" klubi Toshkentda Quvaytning "Al Quvayt" klubini qabul qiladi.

Qarshining "Nasaf" klubi esa Qatarda "Al Jaish"ga qarshi maydonga tushadi.


OCHL pley-off birinchi bosqichi doirasidagi barcha o'yinlar bilan tanishib oling:

"Pune" (Hindiston)- "Xanoi TT" (Vetnam) 0:3
"Tampines Rovers" (Singapur) - "Saut Chayna" (Gonkong) 1:2
"Al Suvayq" (Ummon) - "Al Qodisiya" (Quvayt) 0:1
"Shabab Al Ordun" (Quvayt) - "Al Xidd" (Bahrayn) 1:3
"Al Quvayt" (Quvayt) - "Al Shorta" (Iroq) 1:0

OCHL pley-off ikkinchi bosqich juftliklari:
8 fevral
G'arbiy mintaqa

1."Baniyas" (BAA) - "Al Qodisiya" (Quvayt)
2."Al Jayish" (Qatar) - "Nasaf" (O'zbekiston)
3."Lahviya" (Qatar) - "Al Hidd" (Bahrayn)
4."Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Quvayt" (Quvayt)

Sharqiy mintaqa
1."Chonburi" (Tailand) - "Saut Chayna" (Gonkong)
2"Muangtong Yunayted" (Tailand) - "Xanoi TT" (Vetnam)


OCHL pley-off uchinchi bosqich juftliklari:
15 fevral
G'arbiy mintaqa

1 g'olibi - 2 g'olibi
3 g'olibi - 4 g'olibi

Sharqiy mintaqa
"Beyczin Goan" (Xitoy) - 1 g'olibi
"Melbrun Viktori" (Avstraliya) - 2 g'olibi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia