Obameyang, Mane va Maxrez Afrikada yil o'yinchisi bo'lishga nomzod

Aslanov Jasurbek
23 dek 2016, 01:05
Afrikada yil o'yinchisi sovriniga egalik qilishi mumkin bo'lgan hal qiluvchi uchta nomzod nomi aniq bo'ldi.

Ushbu nom uchun “Borussiya” hujumchisi Per-Emerik Obameyang, “Liverpul” futbolchisi Sado Mane va “Lester” yetakchisi Riyod Maxrez davogarlik qilishmoqda.

Ushbu sovrin 5 yanvar kuni Nigeriya poytaxti Abuja shahrida tashkillashtiriladigan tantanali marosimda o'z egasiga topshiriladi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Африка футбол федерацияси расмий сайти