“Nyukasl” yozda MYU darvozabonini sotib olmoqchi

Eldor Akmurzayev
22 mar 2022, 09:25
“Manchester Yunayted” kiperi Din Xenderson faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

“Nyukasl” kiperga qiziqishini saqlab qolgan va yozda u bilan shartnoma imzolamoqchi. 25 yoshli Xenderson “qizil iblislar” tarkibida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lolmayapti. Shu tufayli, u jamoasini almashtirishga qarshi emas.

Dinning MYU bilan amaldagi kelishuvi 2025 yil yozigacha mo'ljallangan. Darvozabon joriy mavsum klub libosida 5 o'yinda qatnashib, 7 ta to'p o'tkazib yubordi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano