"Nyukasl" xarid qilmoqchi bo'lgan futbolchilar ro'yxati ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
27 may 2023
Muvaffaqiyatli mavsum tufayli jamoaning maqomi ko'tarildi.

"Nyukasl" xo'jayinlari jamoani yanada yulduzli qilmoqchi, deya xabar berdi AS. 

Ular bir yarim yil ichida yangi kelganlar uchun 280 million funt sterling sarflashgandi. Endilikda "Nyukasl" Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo'l oldi, bu esa klub mavqeini oshiradi.

"Hakkalar" Neymar, Joau Feliks, Harri Keyn, Samuel Chukvueze, Sergey Milinkovich-Savich, Jeyms Meddison, Rayan Gravenberx, Dominik Soboslai, Muhammad Qudus va Eberechi Ezeni tarkibda ko'rishni xohlamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS