"Nyukasl" "Chelsi"ning 3 nafar futbolchisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2023
Bular – yarim himoyachilar Ziesh, Gallaxer va Loftus-Chik.

"Nyukasl" "Chelsi"ning 3 nafar yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.

"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, "hakkalar" Konor Gallaxer, Ruben Loftus-Chik va Hakim Zieshni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter dastlabki ikki futbolchini yo'qotishni istamaydi, ammo oxirgisi qo'yib yuborishga tayyor.

29 yoshli marokashlik futbolchi joriy mavsum APLda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph