"Nyukasl" bosh murabbiyi Gimaraynsning "Real"ga o'tishini imkonsiz deb hisoblaydi

Alisher
19 avg 2022, 18:47
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau yarim himoyachi Bruno Gimaraynsning sotuvi ko'rib chiqilmasligini bildirdi va o'yinchi haqida gapirdi.

"Gimaraynsning o'tishi umuman imkonsiz. "Real" tomonidan qiziqish - Brunoga maqtovdir. U ajoyib va yana ham yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. U jamoamiz uchun juda muhim o'yinchi", - deydi Xau.

24 yoshli braziliyalik klubga qishki transfer oynasida "Lion"dan o'tdi. Yarim himoyachining Angliya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Gimarayns joriy mavsum APL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport