"Nyukasl" bosh murabbiyi Angliya terma jamoasi boshqaruvini qo'lga olishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
20 okt 2023, 17:16
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau Angliya terma jamoasiga tayinlanishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, AF terma jamoa Evro-2024da omadsizlikka uchrasa, birinchi navbatda Xau variantiga murojaat qiladi. Shuningdek, Angliya termasi ustozi lavozimiga Stiv Kuper ("Nottingem Forest") va "Chelsi" sobiq ustozi Grem Potter ham nomzod sifatida tilga olinmoqda.

Angliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Garet Sautgeytning amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Nyukasl" Chempionlar Ligasining navbatdagi o'yinini 25 oktyabr kuni Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'z uyida o'tkazadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk