Nurbek Sarsenbaev: "Italiya qarshi hujumda Xorvatiyadan ko'ra ancha xavfli"

Sherzod Nurmatov
17 noya 2025, 20:10
O'zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi Nurbek Sarsenbaev Italiyaga qarshi to'qnashuv oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

- Xorvatiya bilan uchrashuv siz uchun mundialdagi birinchisi edi. Diskvalifikaciyadan keyin yana maydonga qaytish qanday bo'ldi? Taassurotlar qanaqa?

- Birinchi o'yin bo'lgani uchun menga juda qiyin kechdi. Keyingi bahsda bundan yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman.

- O'sha o'yinda charchoq kuzatilmadimi? Jismoniy tarafdan qiynalmadingizmi?

- Biroz charchoq kuzatildi.

- Italiya himoyada juda tartibli ekan. 4 o'yinda 1 ta gol o'tkazdi. Hujumchilarga, xususan, sizga qanchalik qiyin bo'ladi?

- Juda tartibli o'yin ko'rsatadi, albatta qiyin bo'ladi. Xudo xohlasa, taktik tarafdan to'g'ri o'ynasak, to'g'ri poziciya tanlasak, gol ursa bo'ladi. 

- Xorvatiya va Italiyaning farqi nimada?

- Bir-biriga o'xshamaydigan ikki terma degan bo'lardim. Italiya qarshi hujumda ancha xavfliroq.

Eslatib o'tamiz, Italiya – O'zbekiston bellashuvi 18 noyabr kuni 17:30 ga belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia