Nunesga italyan grandi qiziqmoqda. "Liverpul" hujumchi uchun 50-55 mln evro va bonuslar xohlaydi

Alisher Ostonov
8 may 2025
Darvin Nunes faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Liverpul" hujumchisini "Napoli" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Inglizlar 25 yoshli futbolchi uchun 50-55 mln evro va bonuslar baholamoqda.

Shuningdek, neapolliklar yozda erkin agentga aylanadigan "Lill" a'zosi Jonatan Devid transferi ustida ishlamoqda. Futbolchiga boshqa klublardan, xususan "Inter"dan ham takliflar bor. Kanadalikning vakillari yuqori talablar qo'yishmoqda, ammo "Napoli" ularni shartnomaga tovon puli qo'shish orqali ko'ndirishga urinishi mumkin.

Nunes joriy mavsum APLda 27 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: alfredopedulla.com