Noyer safga qaytganiga qaramay, "Bavariya" Ulrayx bilan shartnoma muddatini uzaytiradi

Оқил Абдубарноев
5 okt 2023
"Bavariya" darvozabon Sven Ulrayx bilan amaldagi shartnoma muddatini uzaytirmoqchi.

Myunxenliklarning asosiy posboni Manuel Noyer uzoq muddatli jarohatdan so'ng yana safga qaytmoqda va tez orada jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi.

Shunga qaramay, klub amaldagi darvoza qo'riqchisi bilan kelishuv bitimini 2025 yilga qadar uzaytirmoqchi. Noyerning hali to'liq tayyor emasligi hamda yana jarohat olish ehtimoli borligi sababli ushbu qarorga kelingan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Bild