Klopp Sven-Yoran Erikssonni "Liverpul" bosh murabbiyligiga taklif qildi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2024
Yurgen Klopp Sven-Yoran Erikssonni bir kun "Liverpul" bosh murabbiyi bo'lishga taklif qildi.

75 yoshli Angliya terma jamoasi, "Roma", "Lacio" va "Manchester Siti" sobiq bosh murabbiyida rak aniqlangan edi: "Eng yaxshi vaziyatda bir yil yashashim mumkin".

Shved doimo "Liverpul"ni boshqarishni orzu qilgan, u "qizillar"ning muxlisi hisoblanadi. Uni "Liverpul" va "Ayaks" jamoalari o'rtasidagi bahsda inglizlarni boshqarishga taklif qilishmoqchi edi, ammo Klopp uni asosiy jamoaga taklif qildi.

"Uning "Liverpul"ga bo'lgan muhabbati va bir umr klub muxlisiligini birinchi marta eshitishim. U mehmonimiz bo'lishidan juda xursand bo'laman. Agar u istasa, bir kun davomida ofisimda o'tirib, murabbiylik qilishi mumkin - bu muammo emas.

Biz unga klub yillar davomida qanday rivojlanib borganini ko'rsatamiz. U bu erga kelib, vaqtini ajoyib o'tkazishiga ishonchim komil" - dedi Yurgen Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian