"Bavariya" darvozaboni Ulrayx o'g'li vafot etganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
1 avg 2025
"Bavariya" darvozaboni Sven Ulrayxning farzandi uzoq davom etgan xastalikdan so'ng hayotdan ko'z yumdi.

"Bir necha hafta oldin o'g'limiz Len uzoq va og'ir kasallikdan so'ng vafot etganini katta qayg'u bilan e'lon qilamiz.

Buni ommaga e'lon qilish qarori biz uchun nihoyatda og'ir, ammo bu biz uchun oila sifatida atrofimizdagilar va jamoatchilik uchun vaziyatga oydinlik kiritish uchun muhim qadamdir. Qizimiz bilan birga endi asta-sekin hayotga qaytishga harakat qilyapmiz.

Oilamiz, do'stlarimiz va "Bavariya"ga so'nggi bir necha oy davomida qo'llab-quvvatlab borgani uchun alohida minnatdorlik bildirmoqchimiz – bu biz uchun katta ahamiyatga ega. Biz jamoatchilik va ommaviy axborot vositalaridan shaxsiy hayotimizni hurmat qilishlarini so'raymiz. Boshqa savollarni berishdan o'zingizni tiying", – deb yozdi Ulrayx.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, bola 6 yoshda bo'lgan.

36 yoshli Ulrayx iyul oyi oxirida "Bavariya" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. Darvozabon 2015-2020 yillarda myunxenliklar safida to'p tepgan, bir mavsumni "Gamburg"da o'tkazgan va keyin "Bavariya"ga qaytgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun